Shifokorlarning soʻzlariga qaraganda, keltirilgan bemorlarda koʻngil aynishidan tortib hushidan ketishgacha boʻlgan juda koʻp alomatlar kuzatilyapti. Indian Express gazetasiga davlat shifoxonasining shifokori Eluru “Bemorlarda, ayniqsa bolalarda kutilmaganda qayd qilish kuzatilyapti. Ungacha ular koʻz achishidan shikoyat qilgan ekanlar. Bir qanchasi hushidan ketib qolyapti”, — deb soʻzlab bergan.

Odamlar shifoxonaga joylashtirilgan hududga rasmiylar tashrif buyurgan. Andxra-Pradesh shtati sogʻliqni saqlash vaziri Kali Krishna Shrinivasning taʼkidlashicha, bemorlarning qonida virus infeksiyasining hech qanday isboti aniqlanmagan. U “qanaqangidir nomaʼlum kasallik haqida gap ketayotgani, uning nima ekanligini faqat laboratoriya tahlil natijalari koʻrsatishi mumkinligi” haqida soʻzlagan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.