Kuchli yog'ingarchilik tufayli Shimla shahridagi ibodatxona qisman vayron bo'ldi, natijada to'qqiz kishi halok bo'ldi. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, uning hududida 50 ga yaqin odam bo'lgan va vayronalar ostida kamida 10 kishi qolib ketgan bo'lishi mumkin.

Qo'shni Solan okrugida sel bir qator aholi punktlarida uylarni vayron qildi, yetti kishi tabiiy ofat qurboni bo'ldi. Shtatning boshqa tumanlarida yana bir necha kishi halok bo'lgani xabar qilindi.

Shtatda kuchli yog'ingarchilik tufayli ayrim yo'llar to'sib qo'yilgan, sayyohlarga yaqin kunlarda mazkur hududga bormaslik tavsiya qilindi. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, shtatda kamida 19 avgustgacha yomg'ir yog'ishda davom etadi, deb xabar beradi mir24.tv.