Ko'mir ortilgan poyezd Vizag portidan Rurkela po'lat zavodiga yo'l oldi.
Birinchi yo'lda harakat tiklanganidan bir necha soat o'tgach, qarama-qarshi yo'nalishda harakat boshlandi. Bo'sh yuk poyezdi marshrut bo'ylab birinchi bo'lib o'tdi.
2-iyun kuni Odisha shtatining Balasore shahri yaqinida uchta poyezd to'qnashib ketdi. Kalkuttadan Chennayga ketayotgan yo'lovchi poyezdi yuk poyezdiga borib urilgan. Natijada bir nechta vagonlar qarama-qarshi yo'lga ag'darilgan. Yana bir yo'lovchi poyezdi ularga kelib urildi, yana bir necha vagon relsdan chiqib ketdi. 275 kishi temir yo'l halokati qurboni bo'ldi, 1,1 mingdan ortiq kishi jarohat oldi, ulardan 100 nafari og'ir ahvolda bo'lib, shifoxonalarda davolanmoqda.
Hindiston temir yo'llari vazirligi poyezdning to'qnashuvi yuzasidan tergov o'tkazish uchun Markaziy tergov byurosiga murojaat qildi. Elektronika va axborot texnologiyalari vaziri Ashvini Vaishnavning aytishicha, halokat texnik sabab: elektron qulfning o'zgarishi bilan bog'liq. Hindistondagi temir yo'l izlarining 98 foizi 1870-1930-yillarda yotqizilgan, deb xabar beradi mir24.tv.