Hindistonda yuz bergan avtohalokat oqibatida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Hindistonning janubidagi Telangana shtatida avtobusning yuk mashinasi bilan to'qnashishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo'ldi va 18 kishi jarohat oldi. Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar berdi.

    Shtat markazi Haydarobodga ketayotgan avtobusda taxminan 70 yo'lovchi bo'lgan. Yuk mashinasi shag'al tashiyotgan edi. To'qnashuv paytida u avtobusga shunchalik kuchli urilganki, yukning bir qismi transport vositasiga to'kilib, yo'lovchilarni to'sib qo'ygan.

    Avtohalokat yuz bergan joyga qutqaruv xizmatlari yetib keldi. Yo'lovchilarni olib chiqish uchun ekskavatorlardan foydalanildi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, baxtsiz hodisa yuk mashinasi haydovchisining tezlikni oshirishi va boshqaruvni yo'qotishi tufayli yuzaga kelgan, deb xabar berdi tass.ru.