“UNO MINDA” 1958-yilda tashkil etilgan boʻlib, avtomobillar, ikki va uch gʻildirakli transport vositalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Kompaniya Hindiston, Indoneziya, Vetnam, Ispaniya, Marokash, Meksika va Kolumbiyada 62 ta ishlab chiqarish obyektlariga ega. Bosh ofisi Xaryana shtatining Manesar shahrida joylashgan.

Kompaniya korxonalarida 21 mingdan ortiq kishi doimiy ish bilan band. Kompaniya Manesar va Sonepat (Xaryana), shuningdek Puna (Maxarashtra) shaharlarida muhandislik, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlariga ega. Kompaniyaning yillik savdo aylanmasi 1,1 milliard AQSh dollaridan ziyod.

Muzokaralar chogʻida Nirmal Minda Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, kelajakda esa boshqa ehtiyot qismlarni (klakson va dinamik) ham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish istagini bildirdi.