U yerda oltingugurt va alyuminiy va temir kabi metallarni topdi, deb xabar berdi Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti.
“Chandrayan-3 roveridagi lazerli uchqun emissiya spektrometriya asbobi birinchi marta janubiy qutb yaqinida Oy yuzasining elementar tarkibini o'lchashni amalga oshirdi. Bu o'lchovlar mintaqada oltingugurt mavjudligini aniq tasdiqlaydi, vaholanki avval orbital uskuna bortidagi asbob-uskunalar yordamida buni aniqlashning imkoni bo'lmagan edi. Grafik ko'rinishda taqdim etilgan dastlabki tahlillar Oy yuzasida alyuminiy, oltingugurt, kalsiy, temir, xrom va titan mavjudligini aniqladi. Keyingi o'lchovlar marganets, kremniy va kislorod mavjudligini ko'rsatdi. Vodorod borligi bo'yicha chuqur tadqiqot olib borilmoqda”, — deyiladi Hindiston kosmik agentligi xabarida.
Lazerli uchqun emissiya spektrometriyasi – bu materiallarning tarkibini kuchli lazer impulslarini ta'sir ettirish orqali tahlil qiladigan usul. Lazer zarbasi tosh yoki tuproq kabi material yuzasiga qaratilgan va plazma hosil qiladi, deb xabar beradi ria.ru.