Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qoʻriqxona xodimlari tomonidan qoʻlga olingan noqonuniy ovchilik bilan shugʻullanib kelayotgan ikki nafar huquqbuzarlardan surishtiruv davomida oʻqotar ov qurollari, baliq tutish anjomlari, otilgan yovvoyi choʻchqa tanasi va Amudaryo gul baliq (forel)lari tegishli tartibda olib qoʻyildi.
Huquqbuzarlar tomonidan tabiatga 343,1 mln. soʻmlik zarar yetkazilganligi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi (Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Eslatib oʻtamiz: Jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, — deyiladi xabarda.