Vaziyat BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig'ilishida muhokama qilinadi.

Livanning “Hizbulloh” radikal guruhi Tel-Avivga ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi. Bu harakatlar G'azo sektoridagi falastinliklarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, “Livan va uning xalqini himoya qilish uchun” amalga oshirildi, dedi jangarilar 25-sentabr, chorshanba kuni.

Bu 2023-yil 7-sentabrda HAMAS terrorchilik guruhining Isroilga keng ko'lamli hujumidan so'ng Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan beri birinchi marta sodir bo'ldi. Isroil Livandan raketani urib tushirgani, qurbonlar va jarohatlar bo'lmaganini bildirdi, deb xabar beradi dw.com.

Shu bilan birga, “Hizbulloh” raketasi Tel-Aviv hududiga birinchi marta yetib keldi, dedi Isroil armiyasi vakili AFPga.