Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda yuk mashinasi va LADA Largus bilan toʻqnashishi natijasida yuk mashinasi yonib ketdi” sarlavhasi ostida tarqaldi.

Bugun, 31-oktyabr kuni M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining Samarqand viloyati hududida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, “LADA” rusumli avtomashinaga borib urilgan va yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida yuk avtomashinasida yongʻin kelib chiqqan.

Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:32 da voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 15:50 da bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida yuk avtomobilining salon, qisman yukxonasi va unga ortilgan mahsulotlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.