Hojiboy Tojiboyevning  asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

    Dolzarb 29 Noyabr 2023 1240

    Endilikda uning asarlaridan mutlaq foydalanish huquqi “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladigan boʻldi.

    Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining saʼyi-harakatlari tufayli badiiy soʻz ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxoʻrlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qoʻyildi.

    Maʼlum qilinishicha, endilikda uning asarlaridan mutlaq foydalanish huquqi “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladigan boʻldi.

    “Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim”, — deyiladi xabarda.