Hojilar “Novza” masjidida kutib olinadi

    Ijtimoiy hayot 4 Iyul 2023 1657

    Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati Hojilarni kutib olish tartibini eʼlon qildi.

    Taʼkidlanishicha, bugundan ziyoratchilar yurtimizga qaytib kelishni boshlaydi.

    Maʼlum qilinishicha, hojilarni kutib olish jarayoni risoladagidek, chiroyli tartibda tashkil etish maqsadida, Novza” masjidida tashkil etiladi.

    Kutib oluvchilar aeroportga chiqib, ortiqcha ovora boʻlmaslik, qolaversa, aeroport hududida tirbandlik hosil qilmaslik soʻraldi.

    Eslatib oʻtamiz, Hajga joʻnatish ishlari poytaxtimizdagi “Novza” masjididan tartibli ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatilgan edi.