O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Navoiy viloyati Navbahor tumanining “Sarbazor” mahallasida bo'lib, hokim yordamchisi Jamshid Hamroev tashabbusiga ko'ra tashkil etilayotgan “Iste'molchilar markazi” bilan yaqindan tanishdi.
“Fuqaro – jamoat tashkilotlari – davlat” birligini mustahkamlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning “mahallabay” tizimini joriy etishga qaratilgan “Iste'molchilar markazi”da aholi muammolarini tizimli o'rganish va ularning aniq hal etilishida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlikda ishlashning yangicha tizimi yo'lga qo'yiladi.
Bu jarayonda fuqarolarning (gaz, elektr va suv ta'minoti, kommunal xo'jaligi, ekologiya, qurilish, kadastr, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, sog'liqni saqlash, ta'lim, xizmat ko'rsatish, savdo, transport, aloqa va boshqa) turli sohalardagi murojaatlari “mahallabay” ko'rib chiqilishida huquqiy maslahatlar berilishi bilan bir qatorda, mavjud muammolarning joyida hal etilishiga sharoit yaratiladi.