Mahalladagi oilalarning ijtimoiy ahvolini oʻrganish jarayonida Qatortol 3-tor koʻchasi 69-uyda yashovchi Toir Usmonovning xonadoni taʼmirga muhtojligi va T.Usmonovning oʻziga ish kerakligi maʼlum boʻldi. Hokim yordamchisi ushbu mahalladoshining ham muammosini hal qilib berishni oʻziga maqsad qilib oldi.
Avvalo, xonadon egasini ishga joylashtirdi. Keyin esa tadbirkor qoʻni-qoʻshnilarni jalb qilgan holda ushbu xonadonni taʼmirlatish ishlarini ham boshlab yubordi.
Mahalladagi qiynalgan oilalarga yordam berib, ularning muammolarini tizimli ravishda bartaraf etib kelayotgan “1-Qatortol” MFY hokim yordamchisining ishlariga yanada rivoj tilab qolamiz, deb yozadi Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati.