Hududlar va tarmoqlar rahbarlari raqamlashtirishda keskin oʻzgarish qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, hududlarda 53 ming nafar yoshlarimiz IT bilan mustaqil shugʻullanib, dasturiy mahsulot yaratayapti.

Ularning faoliyatini kengaytirishga turtki beradigan yaxlit tizim yaratish zarurligi taʼkidlandi.

IT park davlat bergan imtiyozni rezidentlarga taqdim qilish bilangina cheklanmay, mahalliy dasturchilarimizni xorijiy kompaniyalarga tanishtirish, ularga katta-katta buyurtmalar olib berishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Hokimlarga joriy yilda 30 ming yoshlarni ingliz va nemis tiliga oʻrgatib, ITga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga koʻrsatma berildi.