Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quvasoy shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, shahar hokimligi qoshidagi xoʻjalik hisobidagi uy-joylarni roʻyxatga olish, almashtirish va taqsimlash boʻlimi boshligʻi A.A. fuqarolar F.A. va Sh.I.ga 8 500 AQSH dollari evaziga hokimlik balansidagi uylardan biriga egalik qilish huquqini beruvchi order rasmiylashtirish hamda ushbu xonadonni keyinchalik xususiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 3 800 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.