Mazkur Namunaviy tartibning amal qilishi Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi hokimlik xodimlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarining oʻz ichki tartibini belgilashga nisbatan tatbiq etiladi.
Samaradorlik koʻrsatkichlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- aniq boʻlishi;
- vaqt chegarasining mavjudligi;
- kompetentligi;
- maqsadliligi;
- erishish mumkinligi;
- oʻlchanadigan boʻlishi.
Hokimlik xodimlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularni baholash belgilangan sxemaga asosan “samaradorlik.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Hokimlik xodimlari faoliyati samaradorligining reyting natijalari:
- 70 balldan kam boʻlganda – “qoniqarsiz” (D);
- 70 balldan 85 ballgacha – “qoniqarli” (C);
- 85 balldan 100 ballgacha – “yaxshi” (B);
- 100 ball va undan yuqori boʻlganda – “aʼlo” (A) deb baholanadi.








