Bugungi kunda Toʻpalang GESda modernizatsiya qilish va GES quvvatini 30 MVtdan 175 MVtga oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, modernizatsiya jarayonida bosimli suv quvuriga oʻrnatilgan vaqtinchalik tiqinning shikastlanishi natijasida soniyasiga 40 kub metr suv sizib chiqqan.

Taʼkidlash kerakki, daryoning suv oʻtkazish qobiliyati soniyasiga 600 kub metrni tashkil etadi. Suv sizib chiqish vaqtida suv sarfi soniyasiga 160 kubometrgacha koʻtarilgan.

Hozirda bosimli quvurdan suv sizib chiqish toʻxtatilgan. Shuni maʼlum qilamizki, bu holat toʻgʻon holatiga hech qanday taʼsir qilmagan va Toʻpalang suv ombori toʻgʻoniga shikast yetmagan.

Ayni paytda “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi hodisa sabablarini oʻrganish va bunday holatlarning oldini olish choralarini koʻrish maqsadida voqea joyiga yetib borgan.

Fuqarolardan har qanday bahsli masalada faqat rasmiy maʼlumotlardan foydalanishlarini soʻraymiz.

Hodisa joyidan qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.