Unga koʻra, 2025-yildan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarga sogʻliqni saqlashtizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobidan onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekologshifokori shtat birliklari kiritilmoqda.
Shuningdek, mobil va statsionar mammograflar ishini 2 ta smenadatashkil etish uchun rentgen-laborantlar ajratiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridayuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Mammografiya tasvirini oʻqish markazi tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amalga oshiriladigan koʻkrak bezi saratoni boʻyicha skriningnatijalari ushbu markazning yagona riding tizimiga integratsiya qilinadi.
Joriy yildan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odampapilloma virusi diagnostikasi uchun qoʻllanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish boʻyicha referens-laboratoriya faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
2025 – 2030-yillarda Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish dasturi Sogʻliqni saqlashvazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublikaixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan oʻzaromuvofiqlashtirilgan holda sifatli amalga oshirilishi taʼminlanadi.
2025-yil 1-mayga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyotmarkazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tibbiyuskunalar, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiyjihozlar bilan taʼminlash ham koʻzda tutilgan.