Hududlarda gaz va elektr energiyasini oʻgʻirlayotganlar qoʻlga tushdi

    Samarqandning Pastdargʻom tumanida fuqaro oʻzining umumiy ovqatlanish shoxobchasi va novvoyxonasi uchun alohida quvur tortib, 897,5 mln soʻmlik gazdan oʻgʻrincha foydalangani aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Furqat” MFY hududida faoliyat yurituvchi “N.P.” oilaviy korxonasi rahbari I.E. umumiy ovqatlanish shoxobchasini va novvoyxonasida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻidan gaz hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida quvur tortib jami 897,5 mln soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlaganligi aniqlangan.

    Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “G.N.” va “M.g.” MCHJ masʼul shaxslari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 164,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.E. 7 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga tijorat maqsadida ulab, jami 150,4 mln soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.B.” xususiy korxonasi rahbari Sh.P. “Bunyodkor” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexini hisoblagichdan tashqari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 106,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.