Joriy yilning fevralidan boshlab hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha Hukumat, vazirlik, idoralar va hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini tanqidiy oʻrganish, ularning faoliyatiga har oy baho berish amaliyoti joriy etilishi taʼkidlandi.
Shu maqsadda hududlarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini olib borish, bu borada Senat hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faol ishtirok etishi lozimligi qayd etildi.
Majlis davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har oyda Senatga vazifalar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritib borilishi belgilandi.
Senat tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.