Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi

    Hukumat qarori bilan “Reyting koʻrsatkichlari asosida «Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi”ni baholash» reglamenti tasdiqlandi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

    Reglament reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini baholash tartibini belgilaydi.

    Reyting 2 yoʻnalishda baholanadi:

    • investitsiya salohiyati. Mazkur yoʻnalishda statistik koʻrsatkich va subkoʻrsatkichlardan iborat boʻlgan ustuvor omillar va ularning vaznlari asosida hududlar investitsiya salohiyati baholanadi;
    • boshqaruv samaradorligi. Mazkur yoʻnalishda hududlarda tadbirkorlarning soʻrov natijalari orqali koʻrsatkich va subkoʻrsatkichlar asosida boshqaruv samaradorligi baholanadi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori boʻlib, kuyidagi vazifalarni bajarish uchun masʼul hisoblanadi:

    • baholash jarayonini umumiy muvofiqlashtirish;
    • elektron platformani boshqarish;
    • natijalarni taqdim etish.

    Reyting ballari 4 ta bosqichda elektron platforma orqali hisoblanadi.

    Baholash operatori reyting baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlaydi.