Bugun Toshkent moliya institutida atoqli yozuvchi Abdulla Qahhor haqidagi “Haqiqat mendan ustun”, Toshkent davlat yuridik universitetida O'zbekiston xalq shoiri G'afur G'ulom haqidagi “Men o'zbek shoiriman” hujjatli fil`mlari namoyish etildi.
Mazkur namoyishlar Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Milliy kinematografiya – YAngi O'zbekiston timsoli” shiori ostidagi milliy kino oyligi doirasida tashkil etilmoqda.
Oldinda Zulfiya, Muhammad YUsuf, Ibroyim YUsupov va boshqa adiblar haqidagi fil`mlar namoyish etiladi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati