Toshkent viloyati Oxangaron tumanida viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomondan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi.
Unda Toshkent viloyati, Farg'ona-Toshkent yo'nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to'xtatilib, xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda avtoulovning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday xujjatlari bo'lmagan qiymati 152 million so'mdan ziyod jami 23 500 dona tibbiyot naychasi (tibbiyot sistemalari) borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.