Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berishicha, Human.uz sayti direktori X.D. va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
DXX bergan maʼlumotiga koʻra, fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning “Telegram” messendjeridagi “Kompromat.uzb” va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Tergov davomida protsess ishtirokchilari advokat bilan taʼminlangan.
Tergov jarayonlarini olib borishda ularning qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatlanadi.
Ushbu jarayon bilan bogʻliq maʼlumotlar doimiy ravishda eʼlon qilinib boriladi", deyiladi xabarda.