Ushbu yosh shaxmatchimiz shu kunga qadar oʻsmirlar oʻrtasidagi koʻplab musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan, shuningdek 2020-yilda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston chempionatida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan holda yakunda “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.
Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Humoyun Bekmurodovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va tez orada xalqaro grossmeyster darajasini ham qoʻlga kiritishida omad tilaydi.
Eslatib oʻtamiz, dunyo tarixidagi eng yosh grossmeyster maqomini 2021-yil 30-iyunda hind millatiga mansub boʻlgan amerikalik Abximanyu Mishra qoʻlga kiritgan. U atigi 12 yosh, 4 oyu 25 kunligida shaxmatdagi eng yuqori darajaga koʻtarilgan edi. Bungacha naqd 19 yildan ziyod vaqt davomida jahonning eng yosh grossmeysteri maqomini rossiyalik Sergey Karyakin oʻz qoʻlida saqlab turgan. Shuningdek, hamyurtlarimizdan Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorovlar ham grossmeysterlik talabini bajargan dunyodagi eng yosh shaxmatchilar safidan joy olganini alohida taʼkidlash kerak.