Humoyun Sultonov Fransiyadagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi

    Fransiyaning Sen-Dizye shahrida tennis boʻyicha ITF M25 toifasiga kiruvchi turnirning asosiy toʻr bahslari start oldi.

    Ushbu musobaqada hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti. Uchinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz ilk davrada mezbonlar vakili Hugo Pontikoni ortiqcha qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1.

    Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 461, Pontiko 1333-oʻrinni egallab turibdi. Humoyunning 1/8 finaldagi raqibi bugun maʼlum boʻladi.