Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan tennischilarimiz Xumoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev oʻz ishtiroklarini saralash bosqichidan boshladi.
Humoyun Sultonov dastlabki uchrashuvida mezbonlar vakili Matteo De Sanktisga qarshi kortga chiqdi va raqibini 6/2, 6/1 hisobida magʻlub etdi. Tennischimiz navbatdagi oʻyinini Bosniya va Gersegovina vakiliga qarshi oʻtkazib, bu uchrashuvda ham 6/2, 6/1 hisobida gʻalaba qozondi va musobaqaning asosiy toʻr bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Bugun Sultonov asosiy davrada moldovalik Radu Albotga qarshi bahs olib boradi.
Turnirda oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazayotgan yana bir tennischimiz Sanjar Fayziyev afsuski, saralash bosqichidan oʻta olmadi. Sportchimiz italiyalik Simone Ronsalliga 3/6, 3/6 hisobida magʻlub boʻldi va turnirni tark etdi.









