Ushbu shaxs o`zining” O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonunga sharh ,Adolat javobgarlik jazo ,Kriminologik ocherklar ,Ekologiyaga doir jinoyatlarni tergov qilish ,Xalq maslahatchisi,-teng huquqli sudiya va Ekologiyaga doir qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazoratining turlari, usullari hamda nazoratni tashkil etish kabi ilmiy  ishlari hamda kasbiy faoliyati bilan huquqshunoslik olamida o`z o`rnini topgan .

Bundan tashqari G`afur Abdumajidov nafaqat huquqshunoslikning yetuk namoyondasi balki xalqimizning huquqiy tafakkurini yuksaltirishda ulkan hissa qo`shgan zabardast shaxsdir.Ushbu ta`rifni bekorga  ta`kidlab o`tmadim sababi G`ofur Abdumajidov  “O`zbekiston davlat va huquq tarixi” , “Jinoyat huquqi” va boshqa darslik hammuallifi hisoblanadi. Men ushbu shaxsni “Yurt huquqshunosligi ustuni” deb atagan bo`lardim sababi u yurtimizda huquqiy davlat asoslarini shakilantirish ,jinoyat huquqi va kriminalistika yo`nalishlarini  rivojlantirishda  fidokorona   xizmat qilgan yirik huquqshunos olimdir. Shuni ta`kidlab o`tish lozimki,Abdumajidov O`zbekiston Respublikasining ilk Konstitutsiyasini yaratishda bevosita ishtirok etgan Konstitutsiyaviy kommisiya tarkibida faol bo`lgan. Uning ilmiy qarashlari huquqiy davlatni barpo etishda mustahkam asos bo`lib xizmat qilgan.

Bilamizki , sharh bu – muayyan faoliyat, jarayon bo`lib, u o`z ichiga ikkita mustaqil jihatni , ya`ni anglab olish va tushuntirishni qamrab oladi[1].O`z tilim bilan tushuntiradigan bo`lsam sharh so`zi  biror matnni o`qigan holda uning ma`zmunini tushunish va boshqalaga yetkazib berishda namoyon bo`ladi. Sharhlash vositasi ko`pgina sohalarda qo`llaniladi . Bunga yaqqol misol tariqasida huquqshunoslik sohasini keltirishimiz mumkin. Huquq normalariga sharh bergan huquqshunoslar ko’p, lekin siz ular ichida G’ofur Abdumajidov haqida eshitganmisiz ? Bevosita huquqshunos olimning sharhlashga oid faoliyatiga to’xtaladigan bo’lsak, u “O’zbekiston Respublikasi Davlat tili to’g’risida” gi qonunga sharh bergan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan  ushbu qonunning sharhida uning qo’llanilishi bilan bog’liq eng muhim masalalar bayon etilgan . Ularda Konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlarining sharhlanayotgan Qonunga daxldor bo’lgan talablari va qoidalari hisobga olingan.

Yurt huquqshunosligiu ustuni bo`lgan G`ofur Abdumajidov  ilmiy ishlardan tashqari professional kasbiy foaliyat bilan  ham shug`ullangan . U Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan va 1951 yildan boshlab Respublika prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar bo`yicha tergovchi sifatida faoliyat boshlagan .Undan keyingi ish faoliyatini bir qancha nufuzli joylarda yuritgan va 1991- 1995- yillarda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig`i o`rinbosari , 1995 -yildan boshlab esa Konstitutsiyaviy sud sudiyasi sifatida xizmat qilgan . UShbu xizmat faoliyati davomida ozining ilmiy ishlarini ham chetda qoldirmasdan   yuridik fan doktori , professor unvoni , O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi va “Shuhrat” medali kabi faxriy unvonlarga  sazavor bo`lgan .

 Xullas, xulosa qilib aytganda  u kishining hayoti va faoliyati hozirgi va kelajak avlod huquqshunoslari uchun ibrat maktabidir.

 

Komilova Dilnura,

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi