Akne, shuningdek, husnbuzar sifatida ham tanilgan, surunkali yalligʻlanishi teri kasalligi boʻlib, oʻzini komedonlar (qora nuqta), papulalar, pustulalar va baʼzan kistalar sifatida namoyon qiladi. Bu kasallik koʻpincha oʻsmirlik davrida uchraydi, lekin u kattalarda ham oʻzini namoyon qilishi mumkin.
Akne rivojlanishini qoʻzgʻatadigan mexanizmlar
Yogʻ bezlarining ortiqcha faoliyati. Akne koʻpincha yogʻ bezlarining giperaktivligi bilan bogʻliq boʻlib, ular ortiqcha miqdorda yogʻ hosil qiladi. Bunga gormonal oʻzgarishlar, ayniqsa, balogʻat yoshi sabab boʻlishi mumkin. Ortiqcha yogʻ terining shoh qavatining oʻlik hujayralari bilan aralashib, soch follikulalarini berkitib qoʻyishi mumkin. Bu akne rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Bakterial infeksiya. Propionibacterium acnes bakteriyasi terining mikroflorasida aniqlanadi, ular tiqilib qolgan poralarda koʻpayishi va yalligʻlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu yalligʻlanish akne elementlarining shakllanishiga olib keladi.
Yalligʻlanish jarayoni. Immunitet tizimiga taʼsir qiluvchi bakterial infeksiya yalligʻlanishni keltirib chiqaradi, bu esa qizarish, shishish va yiringli elementlarning shakllanishiga olib keladi. Gormonal oʻzgarishlar: hayotning turli davrlarida androgenlar (erkak jinsiy gormonlari) darajasi oshishi mumkin, bu yogʻ bezlarini faoliyatini kuchaytiradi va akne rivojlanishiga olib keladi.
Irsiyat. Akne rivojlanishida genetik omillar ham rol oʻynashi mumkin. Agar ota-onalar akne bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, bolalarda ularning paydo boʻlishi ehtimoli ortadi.
Tashqi omillarning taʼsiri. Stress, notoʻgʻri ovqatlanish (masalan, uglevodlar va sut mahsulotlarini koʻp isteʼmol qilish), chekish va baʼzi kosmetik vositalardan foydalanish vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi mumkin. Akne davolash retinoidlar, antibiotiklar, gormonal dorilar va boshqalar kabi mahalliy va tizimli dori-darmonlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Optimal terapiyani tanlash uchun dermatolog bilan maslahatlashish muhimdir.
Kasallikni oldini olish. Akne muammosi nafaqat fiziologik noqulaylik, balki ruhiy muammolar va depressiyaning rivojlanishi kabi jiddiy psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun akne oldini olish va terini sogʻlom saqlashni bilish muhimdir.
Terini qanday parvarish qilish kerak
Terini shikastlashi mumkin boʻlgan qattiq sovun va skrablardan saqlanish lozim. Neytral rN ega mahsulotlarni tanlash yaxshidir. teringiz yogʻli boʻlsa ham, namlovchi vositalarni eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak. Yengil, komedogen boʻlmagan (gʻovaklargʻ poralar tiqilib qolmaydigan) krem va gellarni tanlash. UB nurlari akne yomonlashishi va giperpigmentatsiyaga olib kelishi mumkin. Bulutli kunlarda ham SPF 30 yoki undan yuqori boʻlgan quyoshdan saqlovchi kremlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Koʻproq meva, sabzavot va kamroq yogʻli mahsulotlarni isteʼmol qiling. Yalligʻlanishga sababchi boʻlishi mumkin boʻlgan shakar va “yengil” uglevodlarni ortiqcha isteʼmol qilishdan saqlaning. Yetarli miqdorda suv ichish terining namligini saqlashga va tanadan toksinlarni olib tashlashga yordam beradi. Ratsioningizga baliq, avokado va yongʻoqlarni qoʻshing. Ushbu mahsulotlar yalligʻlanishni kamaytirishga va terining holatini yaxshilashga yordam beradi.
Storess akne kuchayishi uchun omil boʻlishi mumkin. Meditatsiya yoki shunchaki toza havoda yurish kabi dam olish usullarini mashq qiling. Muntazam jismoniy mashqlar, shuningdek, stress darajasini pasaytirish terining umumiy sogʻligʻini yaxshilashga yordam beradi.
Sochingiz uzun boʻlsa, uni yuzingizga tegmasligiga harakat qiling. Yogʻlar va kosmetologik mahsulotlar poralarni yopishi va komedonlar shakllanishiga olib kelishi mumkin. Sochingizni muntazam yuving va yengil kosmetik vositalaridan foydalaning.
Kosmetikani tanlashda «komedogen boʻlmagan yorligʻi«ga eʼtibor bering. Bu teshiklarning tiqilib qolishi va yangi qora nuqta paydo boʻlishining oldini olishga yordam beradi. Bakteriyalar toʻplanib qolmasligi uchun kosmetik choʻtkalari va boshqa kosmetik vositalarni muntazam tozalang.
Agar akne jiddiy muammoga aylansa, dermatologdan yordam soʻrashdan tortinmang.
Mutaxassis davolash va oldini olishning yeng mos usullarini, shu jumladan mahalliy va tizimli dori-darmonlarni taklif qilishi mumkin. Akne oldini olish terini toʻgʻri parvarish qilish, toʻgʻri ovqatlanish va stressni minimallashtirishni oʻz ichiga olgan kompleks yondashuvni talab qiladi.
Teringizga gʻamxoʻrlik qiling, shunda u sizga sogʻlik va goʻzallik bilan javob beradi. Esda tutingki, muammolar yuzaga kelganda, har doim shifokor bilan maslahatlashish muhimdir.
B.Azizov,
Toshkent davlat stomatologiya instituti
dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi mudiri,
dotsent,
I.Nurmatova
Toshkent tibbiyot akademiyasi,
dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi dotsenti