Ispaniyaning “Iberojet” aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yoʻnalishlari boʻyicha charter yoʻlovchi reyslarini yoʻlga qoʻymoqda. Toshkentga birinchi reys 2024-yil 2-sentyabrga, Urganchga — 2024-yil 8-sentyabrga belgilangan.
Parvozlar ikki haftada bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Iberojet” — bosh qarorgohi Madridda joylashgan yoʻlovchi charter reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Ispaniya aviakompaniyasi.