“Ibrat farzandlari” fransiyaliklarga oʻzbek tilini oʻrgatadi

    Xalqaro hamkorlik 13 Mart 2025 828

    Mazkur loyiha tomonidan endilikda fransuzlar uchun oʻzbek tili darslari ishlab chiqiladi hamda fransuz tilini oʻqitishni kengaytirish toʻgʻrisidagi bayonnomada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga xizmat qiladi.

    Qayd etilishicha, 2022-yil noyabr oyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi bugungi kunda 23 ta xorijiy tilni oʻzbek yoshlariga oʻrgatayotgan, shuningdek, xorijliklarga oʻzbek tilini oʻrgatib kelayotgan bepul onlayn platforma hisoblanadi.

    Maʼlumot uchun, bugungacha loyiha doirasida ingliz, rus va ozarbayjon tillari orqali oʻzbek tilini oʻrgatishga qaratilgan darsliklar yaratilgan.