ICAO bilan parvozlar xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat strategik harakatlar rejasi imzolandi

    Oʻzbekiston va ICAO oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2024–2026-yillar uchun moʻljallangan davlat strategik harakatlar rejasi imzolandi.

    “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 2024-yil 18-iyunda Parij shahrida boʻlib oʻtgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2024-2026-yillar uchun moʻljallangan davlat strategik harakatlar rejasining amalga oshirilishi boʻyicha Kengashning birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.

    Yigʻilish doirasida ICAO va “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2024 – 2026-yillar uchun moʻljallangan davlat strategik harakatlar Rejasi imzolandi.

    Rejaning amalga oshirilishi Fransiya aviatsiya maʼmuriyati (DGCA), Fransiyaning aviatsiya hodisalarini tekshirish va parvozlar xavfsizligini tahlil qilish Byurosi (BEA), AQSH aviatsiya maʼmuriyati (FAA), AQSHning transportda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha milliy kengashi (NTSB) hamda ACI/ACI-EUROPE, Airbus, Boeing va Jahon Banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi ICAOga aʼzo davlatlar ichida COSPA dasturidan foydalanayotgan birinchi davlat hisoblanadi.