«Loyiha oldi oʻrganishlar va gidrogeologiya izlanishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishimiz kerak. Yangi loyihalar endi nafaqat viloyat kesimida, balki tuman va mahallalar kesimida tanlanadi. Bu loyihalar aholi, deputatlar bilan koʻrib chiqiladi.

Hozirda juda koʻp uy-joy mavzelari qurilmoqda. Lekin ularning qanchalik suv bilan taʼminlangani — jiddiy masala. Bu borada Qurilish vazirligi bilan birgalikda ishlaymiz, natijada samarasiz investitsiyalarga yoʻl qoʻymaymiz.

Sohada tenderlarni oʻtkazish, pudrat tashkilotlarini tanlash jarayonlari shu yildan boshlab faqat onlayn oʻtkaziladi, inson omili toʻliq chiqariladi.

Eng katta muammolardan biri — suvning yoʻqotilishi. Quvurlarning 35 foizi eskirgan, ularni almashtirish kerak. Bu borada belgilangan vazifalar albatta bajariladi. Suv inshootlarida ham yangi, eneregiyatejamkor uskunalar oʻrnatiladi», — dedi “Oʻzsuvtaʼminot” raisi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida ichimlik suvi uchun tariflar oshayotgani xabar berilgandi.