Ichimlik va oqova suv xizmatlari toʻlovlari endi faqat elektron shaklda qabul qilinadi

    Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv xizmati qamrovini yanada kengaytirish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida katta hajmdagi samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

    Ayniqsa, toʻlov jarayonlarini raqamlashtirish orqali isteʼmolchilarga qulaylik yaratish va tizimda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslikka jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda.

    Sohada shaffoflikni taʼminlash hamda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida joriy yilning 1-dekabridan respublika miqyosida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni faqat elektron shaklda qabul qilish tizimiga oʻtiladi.

    Nazoratchi va suv taʼminoti xodimlariga toʻlovlarni naqd pul koʻrinishida amalga oshirish toʻxtatiladi.