Ichki bozorni un bilan barqaror ta’minlash uchun zaxira yetarlimi?

    Respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi o‘tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

    Joriy yil hosilidan respublikamiz g‘allakorlari tomonidan 8,1 million tonnalik g‘alla xirmoni yaratilgan.

    8,1 million tonnalik g‘alla xirmonini yaratishda respublika fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

    Shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta’minlash darajasi o‘tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

    Jumladan, sohada yaratilgan imkoniyatlar natijasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subektlari tomonidan import qilingan bug‘doyni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan 926 ming tonna un mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobarga oshgan.

    Bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hamda xo‘jalik subektlarining eksport amaliyotlari orqali respublika iqtisodiyotiga valyuta oqimining kirishini ta’minlamoqda.