Yigʻilishda “Yoʻl xaritasi”ning 1 va 5-bandlari ijrosini taʼminlashda Tashqi ishlar vazirligining hisoboti eshitildi.

Xususan, Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi BMT xalqaro Kodeksi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish toʻgʻrisida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi loyihalarini aʼzo davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqilishi va kelishishining holati hamda mazkur tashabbuslarni ilgari surishdagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, tadbir davomida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda yuqorida qayd etilgan BMT Kodeksi muhokamasiga bagʻishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyani oʻtkazish masalalari ham muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida Ishchi guruh aʼzolariga aniq topshiriqlar berildi, vazifalar taqsimoti va ijro muddatlari belgilandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.