“Ien” toʻfoni oqibatlari maʼlum qilindi

    Florida aholisining o'n foizi elektrsiz qoldi

    “Ien” toʻfoni oqibatida Floridada 1.8 million kishi elektrsiz qoldi.

    AQSH toʻfonlarni kuzatish milliy markazi maʼlumotlariga koʻra, ayrim joylarda shamolning tezligi soatiga 169 kilometrni tashkil etgan.

    Toʻfon oqibatida Florida shtatining 10 foiz aholisi elektr tarmoqlaridan uzilib qolgan. Shtat gubernatori Ron Desantis mahalliy hukumat bu holatga barham berish uchun 30 ming mutaxassis jalb qilinganini maʼlum qilgan.

    Avvalroq Jozef Bayden “Ien” tufayli Floridada favqulodda holat joriy etgandi.