Bir kishi ustiga daraxt qulagani, yana bir kishi elektr uzilishi tufayli nafas olish apparati ishlamay qolishi oqibatida vafot etgan.
Shamol tezligi soatiga 220 km ga yetdi. Shtorm tufayli gʻarbiy qirgʻoqdagi korxonalar va maktablar yopildi. 700 ming xonadon elektrsiz qoldi. Qurilish ishlari toʻxtatildi. 300 dan ortiq reyslar bekor qilindi. Toʻfon temir yoʻl qatnovini ham toʻxtatdi.
Sinoptiklarning taʼkidlashicha, shu hafta oxirida Xitoy sharqiga toʻfon kelishi kutilmoqda.








