Tomonlar hamkorlikni kengaytirish doirasida Tashkilotning sayyohlik shaharlari oʻrtasida logistika salohiyatini rivojlantirish, IHT mamlakatlari talabalarini Xalqaro turizm akademiyasi va Ipak yoʻli universitetida tahsil olish uchun jalb etish, shuningdek, ishbilarmon doira vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini koʻpaytirish va togʻ va qishki turizmga ixtisoslashgan qoʻshma loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qildilar.
Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston tomoni 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining turizm poytaxti aylangan Shahrisabz shahrida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etishga tashkilot va tashkilotga aʼzo turizm biznesi vakillarini taklif etdi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.