IHTga aʼzo davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari kengashi yigʻilishi boshlandi

    Xalqaro hamkorlik 23 Yanvar 2023 1183

    2023-yil 23-yanvarda Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar yuqori mansabdor shaxslari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.

    Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Turkiya, Eron va Pokiston delegatsiyalari hamda IHT Kotibiyati ishtirok etyapti.

    Yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F.Sidiqov va tashkilot Bosh kotibi H.Noziriy ochib berdi. IHT Bosh kotibi mazkur uchrashuvni oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tashkiliy va mazmunli ishlarni yuqori baholab, mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

    Bugun kun davomida tadbir ishtirokchilari 24-yanvarda Toshkentda boʻlib oʻtadigan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yigʻilishini amaliy darajada muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun zarur tayyorgarlik ishlarini olib boradi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.