Milliy anʼanalarni asrab-avaylash, zamonaviy amaliy sanʼat asarlarini taqdim etish, shuningdek, unutilib borilayotgan xalq anʼanalarini qayta tiklash va dunyo sanʼatida yuz berayotgan jarayonlarni amalda namoyish etish maqsadini koʻzlagan ushbu tadbir Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, bir qator vazirlik va idoralar, muassasalar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan.

Unda yurtimizda faoliyat yuritayotgan sanʼat ustalari oʻz asarlarini keng namoyish etadi. Shuningdek, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ijodkor ham tadbirning asosiy ishtirokchilari sanaladi.

Dasturdan “Zamonaviy amaliy-bezak sanʼati: Bezak va uslub”, “Xattotlik, naqqoshlik, miniatyura: Meros va zamonaviylik” koʻrgazmalari hamda avstraliyalik amaliy sanʼat ustasi Faride Zarivdan mahorat darsi oʻrin olgan.

Feruza Joʻrayeva.