Bu davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonida joriy etilayotgan yangi tartiblarda nazarda tutilgan.
Yangi mexanizmga ko‘ra, auksion haqidagi e'lonni berish muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga qisqartiriladi.
Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy davomida sotilmasa, uning boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.
Sotilmay turgan obyektlar uchun «gibrid auksion» mexanizmi ham joriy etiladi. Bunda savdo dastlab narxni pasaytirish tartibida o‘tkaziladi. Xaridor o‘z taklifini bergan zahoti esa savdo shu narxdan yuqoriga qarab davom etadi.
Uzoq vaqt davomida xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarish maqsadida 1 mln so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi.
Rejaga ko‘ra, 2026 yilda umumiy qiymati qariyb 100 trln so‘mlik 1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta korxonadagi davlat ulushi hamda 8 ming gektar yer uchastkalari xususiy sektorga taklif etiladi.
Joriy etilayotgan o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotish emas, balki foydalanilmay turgan resurslarni moslashuvchan savdo mexanizmlari orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdan iborat.