Ijara shartnomasining haqiqiyligi qanday tekshiriladi?

    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori talablari asosida E-ijara tizimi ijara.soliq.uz manzilida test rejimida sinovdan o'tkazilmoqda.

    Unda yuridik va jismoniy shaxslar o'zlarining ko'chmas mulk ob'ektlari uchun tuzilgan ijara yoki tekin foydalanish to'g'risidagi shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida masofadan turib hisobga qo'yishlari mumkin.

    Ko'chmas mulk ijara (tekin foydalanganlik to'g'risidagi) shartnomalarni Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yilganligi to'g'risidagi Guvohnoma shakli, har ikkala tomon tasdiqlagandan keyin shakllanadi.

    Guvohnomada maxsus QR-kod mavjud bo'lib, ushbu kodni mobil ilova orqali skanerlash orqali ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va ijaraga berilayotgan ko'chmas mulk obekti to'g'risida batafsil ma'lumot olish mumkin. Shuningdek, Guvohnomada QR-kod mavjudligi uning haqiqiyligini bildiradi, deyiladi Davlat soliq qo'mitasi xabarida.