Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati, Quvasoy tumanida yashovchi 26 yoshli ayol B.O. sodir etganligi aniqlandi. U “Telegram” orqali go‘yoki o‘zini ijaraga avtomashina berishini aytib, aldov yo‘li bilan ularni qiziqtirgan. U shuncha paytdan beri oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida pullarni o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborishni odat qilgan, qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirib kelayotgan ekan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayolning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.