Jarayon adolatli va shaffof tarzda o'tkazilish maqsadida onlayn translatsiya qilinib, abiturientlarning ota-onalari uchun kutish va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish uchun maxsus joylar tashkil etildi.
Imkoniyati cheklangan abiturientlar uchun esa maxsus xonalar tashkil etildi.
Uch smenada tashkil etilgan imtihonlarda abiturientlar chet tilini bilish darajalari bo'yicha sinovdan o'tkazilgach, chet tilida gapirish qobiliyati va ijtimoiy fanlar bo'yicha imtihonlarda ishtirok etishdi.
Shundan so'ng ota-onalar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To'labek (Qaldirg'ochbek) hamda Yunusxon maqbalariga ziyorat tashkil etildi.
Munojat Mo'minova,
"Yangi O'zbekiston" muxbiri