Ijtimoiy himoya agentligi direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

    U bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

    Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi, deb yozadi vazirlik axborot xizmati.

    Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.

    Shu oʻrinda Usmon Sharifxodjayev ham oʻtgan vaqt davomida barcha hamkasblar bilan hamjihat mehnat qilganini taʼkidladi hamda buning uchun vazirlik jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.