“Ijtimoiy himoya yagona reyestri“ga kiritilgan fuqarolar 12 foiz keshbekka ega boʻladi

    Moliya 25 Fevral 2025 6608

    Ijtimoiy keshbek olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek oʻrniga, 12foiz QQS summasini qaytarib olishlari mumkin.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, QQS summasini qaytarish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri“ga kiritilgan isteʼmolchi Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida roʻyxatdan oʻtadi va ilovada xarid chekining QR-kodini skanerlashi kerak. “Ijtimoiy keshbek“ni “Keshbek va imtiyozlar“ boʻlimida kuzatib borish mumkin.

    Shuni ngdek QQS qaytarishda quyidagilar hisobga olinadi:

    — xarid qilingan tovar QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilganligi;
    — xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligi;
    — tadbirkor QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi.

    Eslatib oʻtamiz, QQS summasini chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan soʻng Soliq mobil ilovasi orqali qaytarib olish mumkin.