Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021-yil 24-dekabrdagi hal qiluv qaroriga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan bir qator materiallar ekstremistik materiallar deb topildi hamda ushbu materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish, namoyish etish hamda saqlash taqiqlandi.

“Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, taqiqlangan tashkilotlar (materiallar)ning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining veb-saytida eʼlon qilinmoqda.

Jinoyat kodeksining 244(1)-moddasiga asosan ushbu materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.

Toʻliq roʻyxat bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Ochiq maʼlumotlar portali orqali tanishishingiz mumkin.

Adliya vazirligi Jamoatchilik
bilan aloqalar boʻlimi