Bu haqda klinik psixolog Lyubov Blagodareva aytib oʻtdi.
“Xabarlar tasmasini varaqlab, inson miyasi qiziqarli, foydali, hissiyotlarni uygʻotadigan narsani qidiradi. Biroq bu juda qisqa muddatli zavq ... Dofamin gormonining kichik dozasi qisqa muddatda ajralib chiqadi, keyin ana shu zavq xuddi shunday tez yoʻqoladi va qaramlik paydo boʻladi”, deb tushuntirdi mutaxassis.
Uning soʻzlariga koʻra, agar dofamin darajasi toʻldirilmasa, tashvish va asabiylashish kuchayadi.
Mutaxassis yotishdan 2-3 soat oldin telefon va boshqa har qanday elektron vositalarning ekranini oʻchirishni va soat 23:00 dan kechikmasdan uxlashni maslahat berdi.
“Aks holda, ekranning koʻk chirogʻi melatonin ishlab chiqarishni buzadi va tana tiklanmaydi, bu terining holati, diqqat, xotira va ishlashga salbiy taʼsir qiladi”, dedi psixolog.
Doktor bugungi kunda internet insonlar hayotining ajralmas qismiga aylanganini eʼtirof etgan holda, zamonamizning texnologik yutuqlaridan oqilona foydalanishga chaqirdi, deb xabar beradi mir24.tv.