Bu haqda “UZBEKISTAN AIRPORTS” xabar berdi.
“Flynas” va “Qeshm Air” aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan Oʻzbekistonga parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi.
Bugun, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:
— “Flynas” aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yoʻnalishida;
— “Qeshm Air” aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent Tehron yoʻnalishida.